“Bunga ISHID aybdor”. AQSH Erondagi portlashlarda qo‘li yo‘qligini aytdi

Olam

image

AQSH ma’muriyati Erondagi portlashlarga aloqasi yo‘qligini va bu uchun Isroilni javobgarlikka tortish bema’nilik bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller jurnalistlar ishtirokidagi brifingda aytib o‘tdi. Shuningdek, u Eronning Kirmon shahrida sodir bo‘lgan portlashlarga izoh berdi.

“Bu portlashlarga nima sabab bo‘lganini aytishga hali erta, lekin men eshitgan noo‘rin ayblovlarga munosabatimni bildirmoqchiman. Birinchi navbatda, ushbu ko‘ngilsiz voqeaning tashkil etilishiga Qo‘shma Shtatlarning aloqasi yo‘q. Boshqa da’volar ham shunchaki kulgili. Ikkinchidan, bunga Isroilning daxli bor, deb o‘ylashga hech qanday asosimiz yo‘q”, deydi diplomat.

Oq uy rasmiy vakilining taxminicha, Qo‘shma Shtatlar Kirmondagi portlashlarni ko‘proq "ISHID" terrorchilik guruhining navbatdagi qilmishi, deb o‘ylaydi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida Quds kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilayotgan qabriston yaqinida ikkita portlash sodir etilishi oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh IShID portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing