“Bunyodkor” O‘zbekiston terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining tajribali yarim himoyachisi Odil Hamrobekov “Bunyodkor” safiga kelib qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“So‘nggi mavsumlarni yuqori darajada o‘tkazayotgan futbolchi 2025 yil Superligada “qaldirg‘ochlar” libosida maydonga chiqadi. Nafaqat klublar, balki terma jamoa doirasida ham katta, xalqaro tajribaga ega Odiljonning “Bunyodkor”dagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!”, deyiladi klub matbuoti xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, Hamrobekov futbolchilik faoliyati davomida “Nasaf”, “Paxtakor”, “Shabab al-Ahli” va “Navbahor” klublarida to‘p tepgan. 2024/25 yilgi mavsumni u Namangan klubi safida o‘tkazgan va jamoa safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Yarim himoyachi 2017 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 61 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Bunyodkor Odil Hamrobekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing