“Bunyodkor” SSKAga qarshi o‘yin o‘tkazadi

Sport

image

Toshkentning “Bunyodkor” klubi Moskvaning SSKA jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Bu haqda “armiyachilar” matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoalar Moskvadagi “VEB Arena” stadionida to‘qnash keladi. Uchrashuv 22 mart kuni soat 21:00 da boshlanadi.

Ayni vaqtda o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev to‘p tepadigan SSKA 2023/2024 yilgi mavsum Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Vladimir Fedotov shogirdlari 20 uchrashuvda 32 ochko jamg‘argan. Turnir jadvalini Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi boshqarmoqda. Sergey Semak shogirdlari 40 ochko to‘plagan.

12 mart kuni Rossiya kubogi 1/4 finalining javob uchrashuvida SSKA “Rostov”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Klub safida himoyachi Ilya Agapov va hujumchi Tamerlan Musayev gol urdi.

O‘zbekiston chempionatida 2 ta o‘yin o‘tkazgan “Bunyodkor”da esa ishlar yaxshi emas. “Qaldirg‘ochlar” Superliganing dastlabki turida Navoiyning “Qizilqum” klubiga, 2-turda esa “Andijon”ga imkoniyatni boy berdi va hozirda toshkentliklar mamlakat birinchligi turnir jadvalida oxirgi o‘rinni band etib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bunyodkor TsSKA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing