“Bunyodkor” – “Nasaf” o‘yinidagi mojarolar tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi
Sport
−
18 aprel 2023
6579Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 6-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvi tugagach, ikki jamoa vakillari o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda O‘FA va O‘zPFL mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan mavjud videomateriallar hamda uchrashuv rasmiylari hisoboti o‘rganib chiqilmoqda.
Barcha ma’lumot va materiallar tartib-intizom qo‘mitasiga taqdim etiladi. Aybdorlar aniqlanib, ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, 17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan bahsdan so‘ng ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergandi. Mehmonlar murabbiyining ta’kidlashicha, janjal kelib chiqishiga “Bunyodkor” a’zosi Davron Ergashevning Qarshi jamoasi futbolchilariga nisbatan nojoiz harakati sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi