Bugun “Nasaf” öz uyida Quvayt klubini qabul qiladi

Sport

−

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Osiyo Çempionlar ligasi 2 musobaqasining 3-turidan örin olgan uçraşuvda Qarşining “Nasaf” jamoasi öz maydonida Quvaytning “Quvayt SK” klubini qabul qiladi.

Uçraşuv Qarşi şahridagi “Markaziy” stadionida soat 18:45 da boşlanadi.

Musobaqaning dastlabki ikki turidan keyin “Quvayt SK” 3 oçko bilan turnir jadvalining ikkinçi poğonasidan joy olgan. “Nasaf” esa bir oçko bilan uçinçi örinda bormoqda.

Jamoalar şu kunga qadar özaro tört marta töqnaş kelgan. Uşbu bahslarning birida “Nasaf” ğalaba qozongan bölsa, yana bir uçraşuvda quvaytliklar ustun kelgan. Qolgan ikki bellaşuvda ğolib aniqlanmagan.

“Nasaf”ning “Quvayt SK” ustidan qozongan ğalabasi 2011 yilda qayd etilgan. Öşanda Qarşi klubi OFK kubogi finalida quvaytliklarni mağlub etib, öz tarixida ilk bor uşbu musobaqa çempioniga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing