“Nasaf” o‘z maydonida “Al-Vahda”ga mag‘lub bo‘ldi

Sport

−

image

Kecha, 14 oktyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasi “A” guruhi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida BAAning “Al-Vahda” klubini qabul qildi. “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Fakundo Kruspski hisobni ochib, BAA klubini oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada “Nasaf” hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Biroq darvozabon Abduvohid Ne’matov penaltini aniq amalga oshira olmadi. Uning zarbasini “Al-Vahda” posboni qaytardi.

Oradan bir daqiqa o‘tib, Kruspski yana bir bor o‘zini ko‘rsatdi va dubl qayd etib, jamoasining birinchi bo‘limni 2:0 hisobida yakunlashini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida “Nasaf” farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 47-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bobir Abduxoliqovning goli oradagi farqni qisqarishiga sabab bo‘ldi. Biroq qolgan daqiqalarda “Al-Vahda” himoyada ishonchli harakat qilib, g‘alabani saqlab qoldi.

Shu tariqa, “Al-Vahda” Qarshida muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib, guruh yetakchisiga aylandi. “Nasaf” esa guruh bosqichidagi ikkinchi uchrashuvidan so‘ng 1 ochko to‘plagan holda 3-pog‘onani egallab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing