Bunyodkor ko‘prigida bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
16 yanvar 2020
5412Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Chilonzor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur hodisaning tafsilaotlarini ma’lum qildi.
Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 15 yanvar kuni, soat 00.10 da 102 raqamiga Bunyodkor ko‘prigida (G‘afur G‘ulom bog‘i ro‘parasida) YTH ro‘y bergani haqida xabar kelib tushadi. Nexia rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 V 819 RA) boshqarib borgan 35 yoshli Javlon I. boshqaruvni bajara olmasdan, qarama-qarshi harakat yo‘lagiga chiqib ketgan. Oqibatda 38 yoshli Avaz O. boshqaruvidagi Lifan rusumli (davlat raqami 01 576 SFA) avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.
“YTH natijasida Nexia avtomobili haydovchisi Javlon I. hamda uning yo‘lovchisi 25 yoshli Roman S.lar turli og‘irlikdagi tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Sarvar Anvar o‘g‘li