“Bunyodkor” klubiga yangi prezident tayinlandi

Sport

image

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev rasman Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi.

Mehriddin Abdullayev 1969 yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. 

Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston milliy banki va Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Yig‘ilishda klubning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

“O‘zbekneftgaz” endilikda jamoaning bosh homiysi bo‘ladi (bundan oldin “O‘ztransgaz” bo‘lgan).

Ma’lumot uchun, klubning oldingi prezidenti Murod Aliyev o‘z lavozimini 2019 yilning yanvarida tark etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bunyodkor Mehriddin Abdullaev

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing