“Bunyodkor” klubi futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda
Sport
−
12 iyul 2020
9299Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) rasmiy sayti xabar qilmoqda.
“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyatsiyaga olingan”, deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, “Bunyodkor” bazasi dezinfeksiya qilinadi va jamoa a’zolari tekshiruvdan o‘tadi. Hammasi joyida bo‘lgan taqdirda, futbolchilar shifokorlar nazorati ostida mashg‘ulotlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, “Bunyodkor” bilan 7 iyul kuni bahs olib borgan “Navbahor” futbolchilari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ta’kidlanishicha, hozirda “Navbahor”ning barcha futbolchilari o‘zini yaxshi his qilmoqda.
“Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi 14 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 12 855 ta holat aniqlangan. Shulardan 7723 nafari sog‘ayib ketgan. Virus qurbonlari soni 59 nafarga yetgan.
LiveBarchasi