“Bunyodkor” xodimlarining 867 mln ish haqi undirib berildi
Sport
−
09:55 1852 1 daqiqa
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi stadioni xodimlarining bir necha oydan beri to‘lanmay kelayotgan 867 mln so‘mlik ish haqlari to‘liq undirib berildi. Bu haqda “Davlat mehnat inspeksiyasi” matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” MCHJ xodimlarining bir necha oydan buyon to‘lanmasdan kelingan ish haqlari undirib berilgan. Inspeksiya yozma ko‘rsatmasiga asosan korxonada ishlayotgan 49 nafar xodimning jami 867 mln so‘mlik ish haqi qarzdorligi to‘liq undirib berilishi ta’minlangan.
Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, hozirda xodimlar oldida ish haqi bo‘yicha qarzdorlik qolmagan.
Ma’lumot uchun, joriy yil avvalida “Bunyodkor” jamoasiga bir necha yillardan beri homiylik qilib kelayotgan “Uzbekneftgaz” AJ futbolga ortiq pul ajratmasligini ma’lum qilgandi. Shu sababli “Bunyodkor” joriy mavsumni homiysiz o‘tkazmoqda.
“Uzbekneftgaz” AJni futbolga pul berishni to‘xtatishi oqibatida “qaldirg‘ochlar”ning sobiq futbolchisi Rivaldoga 2 yildan beri to‘lab kelinayotgan qarzlari ham to‘xtab qoldi. Shu sababli FIFA klubga bir oy vaqt bergan agar shu bir oy vaqt ichida qarzlar to‘lanmasa “Bunyodkor” bankrot bo‘lishi mumkin.

Live
Barchasi