Bundestag Turkiyani SHHT bilan yaqinlashgani uchun jazolashga chaqirdi

Olam

image

Germaniya parlamentidagi “Soyuz-90”/Yashillar fraksiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Yurgen Trittin Anqaraning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo bo‘lish istagini hisobga olgan holda Turkiyaga iqtisodiy bosim o‘tkazish choralarini muhokama qilishga chaqirdi.

“NATO va Yevropa Ittifoqi yana qancha vaqt [Turkiya Prezidenti Rajab Toyib] Erdo‘g‘anga o‘zini aldashga ruxsat berishi haqida o‘ylashi kerak. Turkiya NATOning Liviyaga qurol embargosini qo‘llashiga to‘sqinlik qilmoqda. Gretsiyaning iqtisodiy zonasida burg‘ulash bilan shug‘ullanyapti. NATO a’zosi Turkiya Yevropaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun Xitoydan ko‘ra ko‘proq harakat qilmoqda. Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini sekinlashtirmoqda. Endi esa Eron bilan birga SHHTga a’zo bo‘lmoqchi”, deydi deputat “Die Welt” gazetasida chop etilgan intervyusida.

Parlamentariyning so‘zlariga ko‘ra, “Turkiyaga nisbatan qattiqroq siyosat yuritish” vaqti keldi. U 

“Hech kim NATOdan chiqarilishi mumkin emasligi sababli Turkiyaga iqtisodiy bosim choralari haqida o‘ylashimiz kerak”, deydi u.

O‘z navbatida, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Nils Shmid Anqaraning rejalarini jiddiy xato va ichki siyosatdagi qiyinchiliklardan chalg‘itishga urinish deb atadi.

“Tashqi siyosat nuqtai nazaridan, bu G‘arb va uning qadriyatlaridan uzoqlashishdagi yangi ramziy qadam va Turkiya kelajagi nuqtai nazaridan jiddiy siyosiy xato bo‘ladi”, deydi u.

17 sentyabr kuni Erdo‘g‘an Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitidan so‘ng Anqaraning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish istagi borligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala SHHTda “yaqin davrga raislik qiladigan Hindistondagi muzokaralar kun tartibiga” kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya

Baholaganlar

527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing