Bular maktab o‘rnida ko‘rilmayapti — Nazarbekov musiqa maktablarida maosh pastligi haqida

Jamiyat

image

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Toshkent 5 tashabbus harakati” doirasidagi yoshlar bilan uchrashuv vaqtida san’at, musiqa yo‘nalishlarida kadrlarning yetishmasligi borasida berilgan savolga javob qaytardi.

“Oliy ma’lumotli kadrlarning san’at sohasiga yetishmayotgani bor gap va bu juda katta muammolarimizdan biri. Madaniyat, san’at oliygohlarini bitirgan pedagoglarning oldida ikkita yo‘l turadi. Xalq ta’limi tizimidagi maktabda musiqadan dars berish va musiqa maktablarida ishlash. Lekin ularning oyliklarini solishtirsangiz, osmon bilan yercha farq bor. Mas’ul yuqori tashkilotlar musiqa maktablarini maktab o‘rnida ko‘rishmayapti va ularni xuddi to‘garakdek qabul qilishmoqda.

Shuning uchun musiqa maktablarida oylik juda past. Musiqa bo‘yicha mutaxassis tayyorlamaydigan xalq ta’limi tizimidagi maktablarda esa oylik yuqori. Shu sababdan oliy ma’lumotli kadrlar maktablarga ketib qolyapti. Musiqa maktablarining esa o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarga kuni qolib ketmoqda”, deydi vazir.

Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov musiqa maktablari va xalq ta’limi tizimidagi maktablar o‘qituvchilarining oyliklarini muvofiqlashtirish haqida gapirdi.

“Hozir oldimizda turgan asosiy masala ham shu. Musiqa maktablari o‘qituvchilari va xalq ta’limi tizimidagi maktablar o‘qituvchilarining oyliklarini muvofiqlashtirish. Faqat shundagina kadrlar yetishmovchiligi muammosini hal qilish mumkin. Boshqacha yo‘l bilan kadrlarni musiqa maktablarida ushlab qolib bo‘lmaydi”, deya ta’kidlab o‘tdi Nazarbekov.


Maqola muallifi

Teglar

Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

435

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing