Buxoroga odamlarning birini ikki qilish uchun keldik – Mirziyoyev
Jamiyat
−
17 fevral 2023 10014 1 daqiqa
Bugun, 17 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga borib, Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ziyorat davomida Qur’on tilovat qilinib, vafot etganlar haqiga va O‘zbekistonga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi.

“Hamma joylarga borib, sohalarga turtki berib, muammolarni hal etib, xalqni rozi qilishga harakat qilyapmiz. Bugun Buxoroga ham yangi marralarni belgilash, odamlarning birini ikki qilish uchun keldik. Hamma xayrli ishlarimizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, olimlar bilan suhbatda Prezident diniy ta’limni rivojlantirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligini ta’kidladi.
“Oxirgi yillarda hamma sohalar qatori din bo‘yicha ham ochiqlik, erkinlik berildi, bir nechta ilmiy markazlar tashkil etdik. Lekin bulardan xalqimizga nima manfaat bo‘layapti? Manfaat shunday bo‘lishi kerakki, bu salohiyatni jamiyatga yetkazish kerak. Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk bobolarimiz merosiga tayangan holda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarur. Buning uchun diniy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy markazlarimizni dunyoda yetakchilarga aylantirish kerak”, deydi davlat rahbari.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025