Buxorodagi tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
06 mart
25258Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 27 fevral kuni soat taxminan 19:00 atrofida Shofirkon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning Savrak mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan ayol o‘zi ishlaydigan Qalmanoq mahallasida joylashgan tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limining xonalaridan birida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga 200 ming so‘m olib, fohishaxona tashkil etgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan roppa-rosa bir yil oldin, 2023 yilning 6 mart kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida 40 ming so‘m evaziga bir yigit va qizni jinsiy aloqa qilishi uchun uyida sharoit yaratib bergan 42 yoshli erkak ushlangandi.
LiveBarchasi