Buxorodagi mudhish YTHda ona-bola halok bo‘ldi
3-sahifa
−
29 Sentabr 2020
16907Bugun, 29 sentyabr kuni Buxoro viloyatida Nexia halokatga uchrashi oqibatida ona va bola halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
YTH soat 07:30 da Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-72 avtomobil yo‘lining 8 kmda yuz bergan. 30 yoshli S.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinani Jondor-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomonida joylashgan beton to‘siqqa avtomashina old qismi bilan urilgan. Keyin avtomashina bir necha marotaba ag‘darilib aylanib ketgan.
Natijada avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar turmush o‘rtog‘i 29 yoshli B.X., hamda uning voyaga yetmagan farzandi 7 yoshli K.T. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.