Buxorodagi mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 31 may kuni soat 17:30 da Buxoro viloyatining “G‘uzor- Beyneu” yo‘nalishidagi A-380 yo‘lining Jondor tumani “Luqmon” Gazli cho‘l hududidan o‘tuvchi asfalt yo‘lning 301-kilometrida Lacetti va yuk mashinasi to‘qnashishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov Departamenti xabar berdi.

Haydovchi 24 yoshli Sh.X. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani “Luqmon” Gazli cho‘l hududidan o‘tuvchi asfalt yo‘ldan boshqarib ketayotib, ushbu yo‘lning 301-kilometriga yetganida, o‘ziga nisbatan yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan 46 yoshli D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasini old qismiga borib urilgan.

Oqibatda Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi Sh.X. va ushbu avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 48 yoshli T.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Buxoro viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing