Buxorodagi maktabga yaroqsiz go‘sht berilgani rostmi?
Jamiyat
−
20 Oktabr 2023
5185Joriy yilning 18 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 27-maxsus maktab-internat tarbiyalanuvchilariga yaroqsiz go‘sht mahsulotlaridan ovqat tayyorlanayotgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, mazkur holat 2022 yilda sodir bo‘lgan va tarmoqlarda qayta sizdirilgan. O‘sha paytda maktab-internatida bu borada maxsus komissiya tashkil etilgan. Go‘sht mahsulotlari mazkur komissiya tomonidan iste’molga yaroqliligi hamda sifati to‘g‘risidagi maxsus veterinariya shoxobchasi ma’lumotnomasiga asoslanib qabul qilingani tekshirilgan.
Shuningdek, go‘sht yetkazib beruvchi tadbirkor tomonidan keltirilgan go‘sht mahsuloti kesib ko‘rilganida, bir qismida qizg‘ish joyi borligi aniqlangan va shu zahoti qaytarilib, yaroqli mahsulotga almashtirilgan.
“Ayni paytda tarbiyalanuvchilarni sanitariya talablari asosida sifatli ovqatlanishini ta’minlash maktab-internati rahbarlari va tibbiyot xodimlari tomonidan yanada qat’iy nazoratga olingan”, deyiladi munosabatda.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar