Samarqandda 2 tonna yaroqsiz go‘sht olib ketayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi “Yuqori nuqta” yo‘l-patrul xizmati maskanida 2 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 fevral kuniga o‘tar kechasi “Yuqori nuqta” YPX maskanida Namangan-Samarqand yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Shineray T30 rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, avtomashina yukxonasida jami og‘irligi 2 ming kg mol go‘shti borligi aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur go‘sht mahsulotlarining iste’molga yaroqliligi Samarqand viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilganda, muassasaning xulosasiga asosan iste’molga yaroqsizligi aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati “Darband” YPX maskanida viloyat IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda iste’molga yaroqsiz 1015 kilogramm mol go‘shti aniqlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Bulung'ur yaroqsiz go'sht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing