Buxorodagi klinikada 11 yoshli bolaning o‘limi ortidan jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
22 aprel
7388Avvalroq, Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi xususiy lor klinikasida voyaga yetmagan 11 yoshli bemorga dori vositalarining hech qanday nojo‘ya ta’siri bor yoki yo‘qligini sinab ko‘rmasdan ukol qilinishi oqibatida bola vafot etgani va marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda mas’ul shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan I.M. ismli 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan. Ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tarmoqlarda sizdirilgan xabarlarda marhum bola sportchi bo‘lgani, qulog‘i og‘rib otasi bilan klinikaga murojaat qilgani, otasi ovqat olib kelishga ketganida shifokorlar bolani majburan olib kirib ketib, ukol qilgani iddao qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi xususiy klinikada burun suyagini operatsiya qildirishga borgan 32 yoshli prokuratura xodimi vafot etgandi.
LiveBarchasi