Buxorodagi g‘isht zavodida ishchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
20 mart
9030Joriy yilning 14 mart kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi shlakoblok g‘isht ishlab chiqaradigan zavodda ishchi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 14 mart kuni soat 10:44 larda G‘ijduvon tuman “Zargaron” MFY Kudre qishlog‘ida yashagan G‘.Q. “SNAKMAN” rusumli yuk mashina tirkamasidagi sementni tushirayotgan vaqtida uning borti tushib ketishi oqibatida og‘ir jarohat olib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Q.G‘.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida 14 martda sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bundan tashqari, 19 mart kuni fojiaga sabab bo‘lgan tirkamali yuk mashinasi G‘ijduvon tumanida joylashgan jarima maydonchasiga joylashtirilib, uning texnik sozligi tekshirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFYda “King house” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilishida ishlab kelayotgan 2001 yilda tug‘ilgan B.Sh.ning boshiga uyning 14-qavatidan “opalubka” tushib ketishi oqibatida yigit vafot etgan edi.