Buxoroda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
08:42 3692 1 daqiqa
Bugun, 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 04:24 da Buxoro viloyatining Peshku tumanida sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 494 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Magnituda: 3,7. Chuqurligi: 15 km. Epitsentr: Buxoro viloyati, O‘zbekiston. Koordinatalari: 40,59 daraja shimoliy kenglik, 63,4 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Peshku tumanida 3 ball, 1 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Jizzax viloyatlarining bir nechta tumanlarida sezilgan yer qimirlashi sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi