Buxoroda jiyanlariga massaj qildirgan tog‘a qamaldi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 30 yoshli erkak kiyimsiz holda yotib, qiz bola jiyanlarini badanini massaj qilishga majburlagani uchun javobgarlikka tortildi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, huquqbuzar M.R. 2024 yil may oyiga qadar o‘zining yashash uyida egnidagi kiyimlarini yechib, yalang‘och holda yotib, jiyanlari, ya’ni opasining 10 va 9 yoshli qizlarini muntazam ravishda badanlarini uqalashga majburlab, ularga nisbatan nomaqbul bo‘lgan hamda sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan kamsitishni ifodalangan huquqbuzarlikni qasddan sodir qilgan.

Sudda huquqbuzar M.R. aybiga iqrorlik bildirmasdan, bu holat umuman bo‘lmaganligini bildirib, sobiq pochchasi bolalarni o‘ziga olishi uchun unga tuhmat qilayotganini, suddan o‘ziga nisbatan adolatli qaror qabul qilishni so‘rab ko‘rsatuv berdi.

Ammo jabrlanuvchi qizlar tog‘asining bu ko‘rsatuvini rad etib, tog‘asi ishdan kelgan vaqtida u va singlisini muntazam ravishda badanlarini uqalashga majburlab, agarda massaj qilmasa janjal qilib urishib berishini, tog‘asi kiyimsiz holda bo‘lganini, onasi havoning sovuq kunlari hovlini tozalatishini aytganini, u va singlisi onasi bilan yashagisi kelmasligini, otasining uyida yashashni xohlashini bildirib ko‘rsatuv bergan.

Sudda huquqbuzar F.M. aybsizligi, jiyanlariga badanini uqalashni aytmaganligi haqida vajlar keltirgan bo‘lsa-da, sud uning ushbu vajlarini javobgarlikdan qutulib qolish uchun keltirgan vajlar deb baholandi.

Sud qarori bilan F.M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida homilador ayolga tejog‘lik qilib, haqoratlagan 3 erkak 10 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoroda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing