Buxoroda Zarafshon daryosi ustidagi ko‘prik quladi (video)

Jamiyat

image

Buxoro viloyatining Jondor tumani hududidan o‘tgan Zarafshon daryosidagi ko‘prik quladi. Bu haqda kecha, 2 aprel kuni Jondor tumani hokimligi xabar berdi.

Hodisa oqibatida ko‘prikdan o‘tayotgan yuk mashinasi daryoga qulab ketgan. Qurbonlar yo‘q. 

Bildirilishicha, tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur holat bo‘yicha o‘rganishlarni olib bormoqda. Ishchi guruhning yakuniy natijasi bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi o‘rtalarida Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududida 1982 yilda qurilgan ko‘prik qulab tushgandi. Keyinroq esa Qoraqalpog‘istonda esa Amudaryo ustidan o‘tgan ko‘prikning bir qismi cho‘kib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing