Buxoroda yuqori bosim ostidagi gaz quvurida avariya bo‘ldi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati Shofirkon tumani hududidan o‘tgan “O‘ztransgaz” AJga qarashli bo‘lgan “Gazli-Chimkent” yuqori bosim ostidagi gaz quvurida avariya sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavqsizligi xizmatidan xabar qilinmoqda. 

Voqea kecha, 20 iyul kuni soat 21:40 da “Gazli-Chimkent” yuqori bosim ostidagi gaz quvurining 76-kilometrida sodir bo‘lgan. Avariya natijasida yong‘hin kelib chiqqan. 

Voqea joyiga Buxoro viloyati Yong‘in xavfsizligi garnizonidan 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Mazkur avariyani bartaraf etish maqsadida quvurning ikki tomonida joylashgan maxsus berkitish moslamalarni (zadvijkalar) berkitish yo‘li bilan quvurlarga gaz uzatilishi to‘xtatilgan va avariyani bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani aytilmoqda. 

Gaz quvurida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat davrida quvurda gaz bosimi 33-34 atmasferani tashkil qilib, mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat gaz quvurining payvand choki ochilib ketishi oqibatida yuzaga kelgan, natijada zararlangan quvurdan gaz sizib chiqishi hamda keyinchalik ishqalanishidan alangalanish sodir bo‘lgan. Gaz sizib chiqishini to‘xtatish maqsadida gaz quvurining 73 va 100 kmlardan gaz tarmog‘i o‘chirilgan. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat joyi eng yaqin aholi punktidan taxminan 45-50 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, favqulodda vaziyatdan jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlariga «O‘ztransgaz» AJning avariya - tiklash guruhlarining 15 nafar shaxsiy tarkibi va 12 ta maxsus texnikalari jalb etilib, hozirda yorilgan gaz quvurida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi,  FVB YOXB va Milliy Gvardiya rahbarlari yetib borishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in O'ztransgaz

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing