Buxoroda YTH! Qurbonlar bir emas, bir nechta

3-sahifa

image

Joriy yilning 20 fevral kuni Buxoro aeroporti tomonidan Kogon tumaniga ketish yo‘lida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir necha kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea taxminan soat 22:10 da Buxoro shahar “Gulchorbog‘” mahallasidan o‘tuvchi 4R/69A avtomobil yo‘lida yuz bergan. R.A. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomobilini Buxoro aeroporti tomonidan - Kogon tumaniga tomon boshqarib borib, yo‘lning 1-kilometriga yetganida, o‘zidan oldinda u bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan, fuqaro J.Sh. boshqaruvidagi Matiz avtomobilining orqa tomonidan urib yuborgan.

YTH oqibatida Cobalt avtomobili qisqa tutashuv sabab yonib ketgan. Matiz avtomobilining haydovchisi voqea joyida, og‘ir tan jarohati olgan yo‘lovchilari va Cobalt yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

571

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing