Buxoroda yashirincha harbiy aslahalar saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
20 fevral 5979 1 daqiqa
Buxoro viloyatida fuqaroning yashash xonadonidan 1 kilogrammga yaqin porox hamda 20 dona turli kalibrli gilzalar va maxsus pichoqlar topildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Peshku tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida nazorat ostiga olingan fuqaroning yashash xonadonidan silindrsimon 780 gr og‘irlikdagi va yelim idishga solingan 40 gr og‘irlikdagi kukunsimon porox hamda 20 dona turli kalibrli gilzalar va maxsus pichoqlar borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 5-7 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Oriat” va “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlarida “Makarov” pistoletini saqlab kelgan shaxs aniqlangandi.
Live
Barchasi