Buxoroda yangi klinika yonib ketdi
3-sahifa
−
30 Sentyabr 2025 12132 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Jondor tumanida yangi klinika yonayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30 sentyabr soat 19:17 da Jondor tumani “Sho‘robod” MFY Yangihayot qishlog‘ida joylashgan, hozirda ish faoliyatida bo‘lmagan 3 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:20 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:30 da o‘rab olingan va soat 20:55 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumani Yo‘ldosh 11-dahasida joylashgan yog‘ochdan qurilgan xonadonlardan biri yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bo‘lmagan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr