Buxoroda yana daraxtlar kesib tashlandimi? Izoh berildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Kogon shahri hududida daraxtlar kesib tashlangani va noqonuniy ravishda tashilayotgani haqida fotosurat va xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Buxoro viloyati O‘simliklari karantini va himoyasi Kogon shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning 7 iyun kuni fotosuratda ko‘rsatilgan daraxtlarning quriganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

“Hozirgi kunda Kogon shahar hududida qurigan-kasallangan daraxtlar (shoxlar, tanalari)ni tegishli tashkilot tomonidan kesish ishlari amalga oshirilib, hech qanday noqonuniy daraxtlarning kesilish holatlari mavjud emasligini bildiramiz”, deyiladi boshqarma bergan munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati Peshku tumanida muhofaza zonasidagi 125 tup daraxt noqonuniy kesib tashlanishi oqibatida tabiatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing