Buxoroda yana 4 magnitudali zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
22 may 2186 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 01:32 da yuz bergan. Magnitudasi 4, chuqurligi 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 519 km janubiy-g‘arbda joylashgan Jondor tumanida. Koordinatalari: 40,28 daraja shimoliy kenglik, 63,19 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- G‘azli shahrida 3 ball, 28 km;
- Peshku tumanida 2-3 ball, 38 km;
- Qorako‘l tumanida 2 ball, 56 km;
- Jondor tumanida 2 ball, 57 km.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 may kuni O‘zbekiston hududida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi