Buxoroda “O‘zenergoinspeksiya” mansabdori 50 ming dollar pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Kecha, 28 dekabr kuni “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. “I.G.A.S. ” MCHJga qarashli AYOQSHda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, “B.A.Y.Q.” MCHJga qarashli AYOQSHga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e’lon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 AQSH dollari pora talab qilgan. U Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli tadbirkorlar! Agarda faoliyatingiz davomida nazorat qiluvchi organlar tomonidan pora talab qilish holatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Bosh prokuratura pora berish, ya’ni davlat organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish ham jinoyat hisoblanishini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Kadastr agentligining bosh mutaxassisi va ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta inspektori pora olayotganda ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Buxoro O'zenergoinspektsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing