Buxoroda o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi
3-sahifa
−
10:12 4914 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 26 yoshli erkak o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani uchun qo‘lga olindi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Tezkor tadbir vaqtida u tanishlariga uyidagi xonani 200 ming so‘mga bergani aniqlangan. Erkak sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybini to‘liq tan olgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi uni Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bo‘yicha aybli deb topgan.
Hukmga ko‘ra, unga 2 yil-u 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Sud jarayonida olingan 200 ming so‘m dalil sifatida davlat hisobiga o‘tkazilgan.
Sudda ayblanuvchining holatini yengillashtiruvchi omillar sifatida pushaymonligi e’tirof etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida qorovul 60 ming so‘m evaziga maktab sport zalining kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilgandi. Unga ushbu qilmishi uchun 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Qolaversa, ayni shu tumanning tug‘uruqxonasida fohishaxona tashkil etgan ayol ham ushlangandi. U buning evaziga o‘z mijozlaridan 200 ming so‘mdan pul olib kelgan.
Live
Barchasi