Buxoroda uyini 50 ming so‘m evaziga fohishaxonaga aylantirgan erkak aniqlandi
3-sahifa
−
30 yanvar 2023
10431Buxoro viloyatida o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 23 yanvar kuni soat 23:00 larda Jondor tumani “Navgadi” mahallasida yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan M.A. ismli erkak o‘z xonadonida fohishaxona tashkil qilgan. U ikki fuqaroning jinsiy aloqa qilishi uchun 50 ming so‘m evaziga sharoit yaratib bergan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.