Buxoroda o‘qituvchilarni“Open budget” uchun ovoz yig‘ishga majburlagan direktor jarimaga tortildi
3-sahifa
−
11 Sentabr
2367Buxoro viloyatining Romitan tumanida o‘qituvchilarni “Tashabbusli byudjet” loyihasiga ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Senatning Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, komissiya tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli byudjet” uchun ayrim soha vakillarining ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilinganligi holatlari atroflicha o‘rganilgan.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha Romitan tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan maktab o‘qituvchilarini lavozim yo‘riqnomasiga kirmaydigan “Tashabbusli byudjet” loyihasiga ovoz yig‘ishga majburan jalb qilgani aniqlangan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan BHMning 100 baravari — 34 milliy so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Ma’lumot uchun, 22 avgust kuni boshlangan ovoz berish bosqichi 31 avgust soat 23:59 ga qadar – 10 kun davom etdi. Bu vaqt davomida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi. Unga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p shikoyat Farg‘ona viloyatida (7 ta) tushgan. Shuningdek, Toshkent shahrida 6 ta, Namangan va Jizzax viloyatlarida 5 tadan shikoyat tushgan. Shikoyatlarning ko‘pchiligi umumta’lim maktablari (19 ta) va tibbiyot tashkilotlarida (16 ta) kuzatilgan. Kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari kengashlariga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Open budget”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilingandi.
LiveBarchasi