Buxoroda “uchastkavoy” bolani qiynoqqa soldimi? (video)

3-sahifa

image

Kecha, 13 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida ichki ishlar organi xodimi o‘z xizmat xonasida voyaga yetmagan bolani qiynoqqa solayotgani aytilgan video tarqaldi. Mazkur video yuzasidan Bolalar ombudsmani va bolaning onasi munosabat bildirdi.

Xususan, Bolalar ombudsmani tekshiruv o‘tkazish va bolaga nisbatan sodir etilayotgan “g‘ayriqonuniy harakatlarga” huquqiy baho berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rov kiritilganini va holat Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotganini bildirdi.

Keyinroq, bolaning onasi ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqish qilib, tarqalgan video qish faslida yuz bergani va bola dovcha o‘g‘irlagani uchun kaltaklangani aytilgan xabarlar haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, aslida bolakay IIBda faoliyat olib boruvchi otasining oldiga borgan paytida avvaldan tanish bo‘lgan xodim bilan hazil qilgan. Bola va xodim o‘rtasida hazilomuz “jang” bo‘lgan va bola qiynoqqa solinmagan.

“Videodagi xodim turmush o‘rtog‘imning shogirdi, o‘g‘lim bilan aka-ukadek. U hazil qilib, shunday erkalatgan. Bolamga hech qanday tajovuz qilinmagan. Ko‘rgan har narsangizga ishonmang. Farzandim shu ishga qiziqqani uchun turmush o‘rtog‘imning ishxonasiga kelib turadi”, deydi bolaning onasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida erkak yosh bolaga kuch ishlatgan edi. Ushbu voqea Sirdaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida holat ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilib, qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro uchastkavoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing