Buxoroda to‘yga ketayotgan avtomobil YTHga uchradi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Bugun, 4 sentyabr kuni Buxoro viloyatida to‘yga ketayotgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Natijada 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

YTH soat 07:00 da “Xorazm-Buxoro” A-380 yo‘li bo‘ylab boshqarib, mazkur yo‘lning Romitan tumani hududidan o‘tgan 324-kilometrida sodir bo‘lgan. 29 yoshli K.A., o‘z boshqaruvida bo‘lgan Toyota rusumli avtomashinani boshqarib, ketayotganda to‘satdan avtomashinasi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomon qismiga chiqib ketishi natijasida avtomashina ag‘darilgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi K.A. va 33 yoshli yo‘lovchi S.M. hodisa joyida vafot etgan, salonda bo‘lgan ikkinchi yo‘lovchi 36 yoshli Sh.R., og‘ir tan jarohati olib, tibbiyot muassasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

564

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing