Buxoroda tarixiy yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,4 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

3-sahifa

image

Buxoroda tarixiy yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,4 mlrd so‘m talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Buxoro shahridagi bir qator tarixiy yodgorliklar – “Xo‘ja Kalon” masjidi, “Husayni” va “Nodir Devonbegi” madrasalari hamda “Ark” majmuasi devorlarini restavratsiya va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishilganda ushbu yodgorliklarda bajarilgan ish hujjatlariga soxta yozuvlar kiritish yo‘li bilan:

  • “Xo‘ja Kalon” masjidida 731 mln. so‘m;
  • “Husayni” madrasasida 216 mln. so‘m;
  • “Nodir Devonbegi” madrasasida 90 mln. so‘m talon-toroj qilingan.

Buxoro shahri tarixiy markazi hududida joylashgan 74 ta ob’ektga manzil ko‘rsatgich belgilari o‘rnatish uchun ajratilgan 50 mln so‘m byudjet mablag‘i ham talon-toroj qilingani aniqlangan.

Bundan tashqari, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor shaxslari tomonidan 2,3 mlrd so‘m byudjet mablag‘i tovar-moddiy boyliklar sotib olish uchun sarflangani yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, amalda mablag‘lar o‘g‘irlangan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro yodgorliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing