Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Buxoroda tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini Rossiyaga olib ketayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro aeroportida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Buxoro-Sankt-Peterburg” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro umumiy qiymati 165 million so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmagan.

Natijada olib chiqish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 37 dona, og‘irligi 226,04 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari hamda tarixiy ahamiyatga ega 16 dona ko‘krak nishonlari va tangalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida qadimiy numizmatika buyumlarini mamlakat hududidan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tarixiy tangalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing