Buxoroda talaba qiz yotoqxonada o‘z joniga qasd qildi 

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz institut yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 4 dekabr kuni 23 yoshli Buxoro muhandislik institutining 4-bosqich talabasi, Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi J.K. institut yotoqxonasida uksusdan zaharlanishi oqibatida ahvoli yomonlashgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, K.J 23:35 lar atrofida shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida erkak turmush o‘rtog‘i va deyarli 3 oylik chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro uksus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing