Buxoroda suv ta’minoti mansabdori tadbirkorni chuv tushirdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan “Buxoro suv ta’minoti” AJ bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.  

Qayd etilishicha, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Buxoro suv ta’minoti” AJ abonentlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.R. yakka tartibdagi tadbirkor A.X.ga tegishli binoda ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, ish boshqaruvchi O.Z.ga bu haqda tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha 15 mln so‘m zarar hisoblanishini aytib, uni aldagan. Mansabdor tadbir jarayonida O.Z.dan 14,9 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo do‘koni qurishi uchun yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali jami 210 m2 yer maydonini auksion savdolari orqali yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jinoyat Bosh prokuratura Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing