Buxoroda Spark mashinasi beton ariqqa tushib ketdi
3-sahifa
−
27 aprel 2023 4493 1 daqiqa
Joriy yilning 25 aprel kuni Buxoroda Spark rusumli mashina ariqqa tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 aprel kuni soat taxminan 00:12 larda Buxoro shahri Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasidan Zulfiya ko‘chasi tomon harakatlanib borayotgan Spark rusumli mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l yoqasidagi beton ariqqa tushib ketgan.
Hodisa oqibatida Spark avtomashinasida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi va haydovchi yengil tan jarohati olgan. Hozirda yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Qamchiq” dovonida Daf rusumli yuk mashinasi to‘siqqa urildi, bundan qochmoqi bo‘lgan Damas esa handaqqa tushib ketgandi.
Live
Barchasi