Buxoroda soxta Milliy gvardiya xodimi ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Buxoro viloyati Vobkent tumanida o‘zini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirgan 21 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan M.S. ismli shaxs, o‘zini fuqaro B.M.dan Milliy gvardiya xodimi sifatida tanishtirib, unga sodir etgan huquqbuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 200 ming so‘m berishni talab qilgan.

U ushbu pullarni Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni oldida olayotgan vaqtida Milliy gvardiya va Buxoro shahar IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing