Buxoroda sobiq sud xodimi sudni sudga berdi

3-sahifa

image

O‘tgan yilning 17 iyuliga qadar Buxoro viloyatidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlaridan birida devonxona mudiri vazifasida ishlagan xodim xuddi shu sud ustidan da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu arizada mehnat daftarchasining berilishi kechiktirilgan davr uchun ish haqi hamda yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 40 mln so‘m undirib berilishini so‘ragan. 

Keltirilishicha, da’vogar 2018 yil 8 fevral kunidan 2023 yil 17 iyuliga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining devonxona mudiri vazifasida ishlagan. 2023 yilning 17 fevral kuni sud raisining tegishli buyrug‘iga binoan ishdan bo‘shatilgan va mehnat shartnomasi bekor qilingan. 

Javobgar tomoni ya’ni tuman sudi sobiq xodimning mehnat daftarchasini 2024 yilning 5 yanvariga qadar, 5 oy-u 17 kun hech qanday sabablarsiz, asossiz ravishda bermasdan kelgani aytilgan. 

“Oqibatda, shu kunga qadar biror-bir ishga rasman mehnat shartnomasi tuzib joylasha olmadim va hech qanday ish haqiga ham, mehnat stajiga ham ega bo‘lmadim”, deydi da’vogar.

Qonunchilikka ko‘ra, “ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berishi shart”.

Sobiq sud mudiri O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-, 171-, 320-moddalari, Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi Qarori va “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida” yo‘riqnomaning 3.1 va 2.20- bandlariga asosan suddan 40 million so‘m undirib berilishini so‘ragan.

Shuningdek, da’vo arizasida mehnat daftarchasidagi 2023 yil 17 iyulda bo‘shatilganligi to‘g‘risida ya’ni mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) ko‘rsatilgan yozuvni bekor qilish so‘ralgan.

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sud Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing