Buxoroda savdo markazi 2,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-toroj qildi

3-sahifa

−

image

Buxoro viloyatining Buxoro shahrida 2,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya“ va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida joylashgan savdo kompleksida hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 639 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur iste’molchi 2025 yilda ham xuddi shunday qoidabuzarlikni sodir etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, undan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing