Buxoroda Nexia chirpirak bo‘ldi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 fevral kuni Buxoro viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 07:30 larda “Xorazm-Buxoro” A-380 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. haydovchi 24 yoshli A.R. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida Romitan tuman hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning chekkasiga chiqib ketgan va bir necha marta aylanib ketgan.

Ushbu YTH oqibatida yo‘lovchilar 49 yoshli U.M. va 42 yoshli D.A. hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi va 36 yoshli uchinchi yo‘lovchi X.Yu. esa shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing