Buxoroda “Moskvich” ariqqa ag‘darildi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Kecha, 10 avgust kuni Buxoro viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

YTH 10 avgust kuni soat taxminan 15:30 larda G‘ijduvon tumanida yuz bergan. fuqaro U.B., ishonchnoma asosida boshqaruvida bo‘lgan "Moskvich" rusumli avtomashinani “Sohibiyon” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘l ya’ni Sohibiyon qishlog‘idan Sho‘rcha qishlog‘i tomonga boshqarib ketayotganida, avtomashinaning old tomon g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.

Natijada, avtomashinada yo‘lovchilari 50 yoshli A.I. va 44 yoshli G‘.R. hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etganlar.

Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing