Buxoroda mast haydovchi yosh bolani urib ketdi (video)
3-sahifa
−
10:44 3943 1 daqiqa
Joriy yilning 15 aprel kuni Buxoro shahrida mast holda avtomobil boshqargan haydovchi YHT sodir qilib, 5 yoshli bolani urib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15 aprel kuni soat taxminan 20:50 da Buxoro shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z boshqaruvida bo‘lgan Chery rusumli avtomobilda yo‘l transport hodisasini sodir qilib, piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqarolarga yo‘l berib turgan Lacetti rusumli mashinaning orqa qismiga borib urilgan. Qolaversa, haydovchi 2021 yilda tug‘ilgan piyodani ham mashinaning old qismi bilan urib yuborgan.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida Chery rusumli avtomobil haydovchisi spirtli ichimlik ta’sirida avtomobil boshqargani aniqlanib, uning mastlik holati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi