Buxoroda maktab binosining shifti qulab tushdi

Jamiyat

image

Bugun, 19 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 2-umumta’lim maktabidagi sinf xonalaridan birining shifti qulab tushganligi haqidagi xabar tarqatildi. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining eski binosi  1937 yilda pishgan g‘ishtdan barpo etilgan bo‘lib, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Binoning yog‘och taxtadan iborat eskirgan shift qismlari plastik qurilish materiali bilan qoplangan.

2022 yilning 18 sentyabr kuni tunda binoning 1-qavatidagi sinf xonalaridan birining shiftiga o‘rnatilgan plastik shift ko‘chib tushgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda maktabda o‘quvchilar va xodimlar bo‘lmagan, jabrlanganlar yo‘q. O‘quvchilar ayni paytda xavfsiz binoda o‘qishlarini davom ettirishyapti.

Viloyatning qurilish sohasidagi mutaxassislari tomonidan binoda o‘rganish va ekspertiza ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing