Buxoroda havodan suv oladigan uskuna o‘rnatildi
Jamiyat
−
14 may 2019 4656 1 daqiqa
Buxoro shahridagi 32 – Mehribonlik uyida dastlabki havodan suv oladigan noyob uskuna o‘rnatildi.
Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi rasmiy saytida xabar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Isroil davlatining “Watergen Ltd” kompaniyasi hamkorligidagi loyiha asosida barpo etilgan maxsus generator havo namligidan ekologik toza ichimlik suvini hosil qiladi. Uskuna sutkasiga 900 litr suv chiqarish quvvatiga ega.
Xabarda aytilishicha, hatto iqlimi quruq, cho‘l hududlardagi yerga yaqin joylashgan bir kvadrat kilometr atmosfera qatlamida 20 ming tonna suv bug‘i mavjud ekan.
Ushbu uskuna sinov tariqasida ikki oy muddatga o‘rnatilgan. Bu kabi innovatsion qurilma Mo‘ynoq tumanida ham o‘rnatilishi kutilmoqda.
Live
Barchasi