Buxoroda xasta erkakning suratidan foydalanib, tilanchilik qilib kelgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda begona erkakni o‘zini eri deb tilanchilik bilan shug‘ullanib kelgan firibgar ayol qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 1985 yilda tug‘ilgan Romitan tumani "Bog‘isaydon" mahallasida yashovchi X.S. ismli ayol tumanning "Hofizrabot" mahallasida yashovchi A.N. ismli erkakning xastalanib yotgani aks etgan rasmini ijtimoiy tarmoqlardan ko‘chirib olgan. U ushbu shaxsni turmush o‘rtog‘im deya ommaga tanishtirgan va erkakni og‘ir betobligini aytib, "Abu Xafs Kabir" (Hojatbaror) jome masjidiga kirish joyida tilanchilik qilib kelgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tilanchilik xasta erkak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing