Buxoroda 9 marta sudlangan erkak kar-soqov qizni zo‘rladi

3-sahifa

image

Buxoroda 9 marta sudlanib, umrining 21 yilini qamoqda o‘tkazgan fuqaro nogiron qizni zo‘rlagani uchun yana qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro G‘ijduvon tumanidagi oshxonaga tushlik qilish uchun kirgan. Unga kar-soqov qiz xizmat ko‘rsatgan. Aybdor ovqatlanib bo‘lgach, qizning ojizligidan foydalanish maqsadida oradan 3 soat o‘tib, yana shu yerga qaytib kelgan va jabrlanuvchining ish vaqti tugashini kutgan.

Oshxona egasining jiyani bo‘lgan imkoniyati cheklangan qiz erkakdan uni nima uchun kutib turganini ishora orqali so‘ragan. Fuqaro uni kuzatib qo‘ymoqchiligini bildirib, qizning roziligini olgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, mashina boshqa tomonga harakatlanayotganini payqagan qiz, uyi tumandagi “Chog‘onon” MFY Urganji qishlog‘ida ekanini tushuntirishga uringan.

Ayblanuvchi esa mashinani o‘zi yashaydigan Boy xotin qishlog‘idagi uyiga olib boradi. Mast erkak kar-soqov qizga kuch ishlatib, uni urib, sudrab uyiga olib kirgan. Qizning og‘zini skotch bilan yopib, qo‘lini qayirib, qiynagan va uning nomusiga tajovuz qilgan.

Sud uni Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topdi. Erkak JKning 118-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

2567

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made